Match TV: Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi

Alisher
18 apr 2022, 16:21
Himoyachi Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Nijniy Novgorod" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Bu haqda "Match TV" xabar bermoqda.

Klub tez orada buni rasman e'lon qiladi. 21 yoshli o'yinchining avvalgi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangandi.

Futbolchi joriy mavsum RPL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchining narxini 800 ming evroga baholamoqda.


→ Eshitdik-da! "Nijniy Novgorod" Yo'ldoshevga yangi shartnoma tayyorlamoqda

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: matchtv.ru