Mata: "Pley-offga yaqinlashib olish uchun MYU "Fenerbaxche"ni mag'lub etishi kerak"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2016, 17:12
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata "Fenerbaxche"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Jamoalar turnir jadvalida juda yaqin joylashgan. MYU pley-offga yaqinlashib olishi uchun ertaga yutishi kerak. Ammo biz haqiqatga tik boqamiz va Turkiyada oson bo'lmasligini bilamiz. U yerda doimo o'zgacha atmosfera hukmron" - deydi Mata.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com