

"Kerrik - "Yunayted"da qadrlanmagan futbolchi. U bilan birga o'ynadim va jamoaga qanchalik darajada kerakli ekanligini tushundim. OAV va muxlislar unga deyarli e'tibor berishmasdi.
Men uchun u eng yaxshi yarim himoyachilardan biri edi. Uni klubda ham terma jamoada ham qadrlashmadi. Balki uning o'yin uslubi Ispaniyaga mos tushardi va u yerda yanada buyukroq futbolchiga aylanardi", - dedi Mata.



