Massimiliano Allegri: “Roma”ning mag'lubiyatini hech narsani anglatmaydi”

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2017, 23:21
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoasining “Sassuolo” (2:0) ustidan qozongan g'alabasiga sharh berdi.

“Ushbu turda “Roma”ning mag'lubiyatga uchrashiga qaramay, hali mavsum yakunlanmadi. Biz uchun eng muhimi bugun g'alaba qozonganimiz bo'ldi. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda yigitlar ajoyib harakat qilishdi. Biz uchun gol o'tkazmasligimiz muhim edi va biz buni epladik. Yigitlar hammasini a'lo darajada bajarishdi”, deydi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia