Massimiliano Allegri: "Italiya terma jamoasini boshqarishni orzu qilaman"

Narzulla Saydullayev
4 sen 2013, 15:22
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya terma jamoasini boshqarishni orzu qilishini ma'lum qildi.
Ayni paytda Italiya terma jamoasini Chezare Prandelli boshqarmoqda, ammo keyingi yilgi Jahon chempionatidan so'ng u terma jamoadan ketmoqchi.

– Bunga qadar bir necha bor mamlakat bosh jamoasini boshqarish istalgan murabbiy uchun orzu ekanini aytganman, – deydi Allegri Calcio Mercato nashriga. – Bu menga ham tegishli. Ammo hozir "Milan" bosh murabbiyiman. Italiya terma jamoasida esa Prandelli ishlamoqda, shu sababli u erga yo'l yopiq.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru