Mashhur insayder: Eldor Shomurodov "Roma"da qolishi aniq

Sherzod Nurmatov
30 avg 2024
O'zbekiston terma jamoasi va "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rim jamoasida qoladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Eldor Shomurodov Artyom Dovbikdan keyingi hujumchi vazifasini bajarishga rozi.

Avvalroq Shomurodov A Seriya 2-turi doirasidagi "Empoli"ga qarshi o'yinda zaxiradan tushib, gol urgan va bosh murabbiy Daniele De Rossi maqtoviga sazovor bo'lgan edi.

De Rossi Shomurodovga ishonishni boshladi. Avvalgi murabbiylar nima qilgan?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira