Masharipov “Paxtakor” stadioniga keldi va muxlislar bilan ko'rishdi

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2021
Ayni daqiqalarda O'zbekiston Superligasi 11-turidan o'rin olgan “Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Bahsni bevosita stadiondan kuzatish uchun “sherlar” sobiq a'zosi Jaloliddin Masharipov ham keldi. Futbolchi muxlislar uchun ajratilgan 12-sektorga bordi va ular bilan ko'rishib, rasmga tushdi.

FOTO: Jahongir Fayzullaev

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli vinger “Al Nassr” (S.Arabistoni) a'zosi hisoblanadi va yakunlangan mavsumni ijara asosida “Shabab Al Ahli” (BAA)da o'tkazdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia