“Mashal”ga portugaliyalik murabbiy kelmoqda

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2020, 14:12
O'tgan mavsumni A Pro-ligada o'tkazgan “Mashal” ikki yillik tanafusdan so'ng yana Superligaga qaytganidan xabardorsiz.

Saytimiz “Mashal”da qishki tayyorgarliklar qanday kechayotganligi va klubdagi yangiliklar bilan qiziqib ko'rdi.

Championat.asia muxbiri Nomoz Chorievga ma'lum bo'lishicha, Asror Aliqulov boshchiligidagi “gazchilar” yangi mavsumga tayyorgarlikni Muborakda davom ettirmoqda. Jamoa tarkibida hozircha jiddiy o'zgarishlar yo'q. Biroq tarkibga legionerlar kelib qo'shilishi ehtimoli yuqori.

Takidlanishicha klub rahbariyati xujum chizig'iga legioner futbolchi olib kelishni rejalashtirgan. Agar klubda homiylik masalasi ko'ngildagidek hal bo'ladigan bo'lsa, “Mashal” o'z tarkibini kuchaytirishga e'tibor qaratadi va jamoa oldiga Superligada kuchli beshlikka kirish vazifasi quyiladi.

Shuningdek klubga oid yana bir muhim yangiliklardan biri “Mashal”ga 41 yoshli portugaliyalik mutaxassis Paulo Menezesning bosh murabbiy bo'lib kelayotganligidir. Aniqlanishicha, ayni paytda xorijlik murabbiy bilan muzokaralar davom etmoqda va uning O'zbekistonga kelishi uchun viza masalasida ishlar olib borilyapti. Shuningdek, murabbiyga Hindiston va Tailand klubidan ham takliflar bo'layotganligi aytilmoqda. Demak, katta ehtimol bilan 2020 yilgi mavsumda “Mashal”ga xorijlik mutaxassis murabbiylik qiladi.


“Mashal” yevropalik murabbiy bilan kelishuv arafasida        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia