"Mashal"ga Kubok berilmaydimi? Diyor Imomxo'jaev javob berdi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2019
2020 yilgi Superliga bahslariga qachon qur'a tashlanadi, "Mashal"ga kubok topshirilmaydimi?

Shu kabi savollarga javob olish uchun PFL bosh direktorining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Diyor Imomxo'jaevga murojaat qildik.

- 2019 yilgi mavsum yakuniga etdi, 2020 yilgi Superligaga qur'a qachon qur'a tashlanadi?

- Qur'a marosimi sanasi PFLning 2019 yil laureatlarini taqdirlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi. Taxminan yanvar oyi boshlarida o'tkazish rejalashtirilmoqda.

- Demak PFLning alohida taqdirlash marosimi bo'ladi?

- Albatta, dekabr oyi oxirlarida yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o'tkaziladi.

- A PRO-ligasida chempion bo'lgan Muborakning "Mashal" klubiga hech qanday kubok berilmagani haqida saytlarda xabarlar tarqaldi. Shu vaziyatga oydinlik kiritsangiz.

- "Mashal" klubiga PFLning 2019 yil laureatlarini taqdirlash marosimi vaqtida maxsus kubok va Superliga yo'llanmasi topshiriladi.

- Yangi mavsumda ham Liga kubogi bo'ladimi?

- 2020 yilda ham Liga kubogi o'tkaziladi. Faqatgina O'zbekiston kubogi va Liga kubogi formatlari o'zaro almashtiriladi. Bu holat oldindan rejalashtirilgan edi.



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia