"Mashal": Yangi yil bayramingiz bilan!

Narzulla Saydullayev
31 dek 2014, 10:38
Kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan Mashal futbol klubi jamoatchiligi nomidan barchangizni qizg'in tabriklaymiz.
Yakuniga etgan futbol mavsumi jamoamiz uchun omadli keldi. Birinchi ligada ishtirok etgan Mashal birinchi o'rinni egallagan holda bir yildan so'ng yana oliy ligaga qaytdi. Endi klubni yanada qiyin mavsum kutib turibdi va o'ylaymizki, futbolchilarimiz o'z oldilariga qo'yilgan vazifani hal qila olishadi.

2014 yil muhtaram Yurtboshimiz tomonidan Sog'lom bola yili deb e'lon qilindi. Bolalar qancha sog'lom bo'lsa, o'lkamizdan shuncha ko'p mahoratli sportchilar yetishib chiqadi. Natijada xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz borgan sari osonlashib boraveradi.

Shu o'rinda o'zbek futboliga befarq bo'lmagan barcha insonlarni eshik qoqib kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan Mashal futbol klubi rahbariyati, ishchi-xodimlar, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda fan-klub a'zolari nomidan muborakbod etib qolamiz. Yangi yil hammamiz uchun omadli va yanada muvaffaqiyatli kelsin!

Mashal futbol klubi mamuriyati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz