"Mashal": Valeriy Nikolaevich Lyotkin 70 yoshga to'ldi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2015
O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan taniqli futbol faxriysi Valeriy Nikolaevich Lyotkin bugun 70 yoshni qarshi oldi.

1945 yilda tavallud topgan futbol faxriysi ayni vaqtda PFLda faoliyat olib bormoqda. O'z vaqtida "Paxtakor" klubida futbolchi sifatida uzoq muddat faoliyat olib borgan Lyotkin Samipalatinskning "Spratak" jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat boshladi. Shundan so'ng Jizzaxning "Bo'ston", Toshkentning "Traktor" jamoalarida ham murabbiy sifatida faoliyatni davom ettirdi.

1995 yildan boshlab "Mashal" bosh murabbiyligini Valerey Lyotkin olib bordi. Lyotkin boshqaruvida jamoa shakllandi. "Mashal" o'z tarixida birinchi marta Oliy liga ishtirok etdi. Shu yildan boshlab Lyotkin rahbarligidagi jamoada Serostanov ham faoliyat olib bordi. Ikki yil davomida muborakliklar Oliy liga o'yinlaridan bahraman bo'ldi. Umuman olganda Lyotkinning "Mashal" tarixida turgan o'rni jamoani Oliy ligaga chiqqani bilan esda qolarli bo'ldi. 1995 va 1997 yilda har ikki mavsumni "Mashal" 16 jamoa orasida 14 pog'onada yakunlab kuchlilar safida qolishni uddaladi.

"Mashal" PFK Valeriy Nikolaevichni tavvallud ayyomi bilan muborakbod etadi. Futbol yo'lidagi mehnatini hamisha qadrlaymiz va sog'lik salomatlik tilaymiz!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz