"Mashal" Superligaga qaytdi!

Narzulla Saydullayev
31 okt 2019
Bugun A PRO-ligasida 26-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Peshqadam "Mashal" G'uzorda "Sho'rtan" mehmoni bo'lib 1:1 hisobida durang o'ynadi va muddatdan avval 1-o'rinni hamda Superliga yo'llanmasini naqd qilib qo'ydi.


Quyi ligada mavsum yakunlanishiga 2ta tur qoldi xolos. Bu mavsumda A PRO-ligada faqat birinchi o'rinni olgan klub to'g'ridan-to'g'ri Superligaga chiqadi. Qolgan o'rinlarni egallagan klublar xatto pley-offda ham ishtirok etishmaydi.

"Iftixor" klubi 24-turdan keyin A PRO-ligadan chetlatilgani bois ushbu klub ishtirokidagi oxirgi to'rtta bahsda texnik mag'lubiyat yoziladi va raqib klublarga 3 ochkodan qo'shib qo'yiladi.

"Iftixor" bilan texnik g'alabani qo'shganda ayni paytda Asror Aliqulov boshchiligidagi jamoa hisobidagi ochkolar soni 55tani tashkil etmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Istiqlol" oxirgi ikki turda maksimal ochko olsa va "Mashal" umuman ochko olmasa ochkolar tenglashadi. Bunday vaziyatda o'zaro o'yinlarga qaraladi. Bunda ustunlik "Mashal" tomonida: 2ta g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat.



26-tur - 31 oktyabr
"Oq-tepa" - "Neftchi" 2:1
Gollar
: Jamshid Yusupov, 3 (1:0), Pavel Purishkin, 17 (2:0), Alisher Abduvohidov, 62 (2:1)

"Sho'rtan" - "Mashal" 1:1
Gollar:
Sherzod Temirov, 28 (1:0), Ahror Inoyatov, 65 (1:1)

"Istiqlol" - "Xorazm" 1:0
Gol:
Sardor Sotivoldiev, 58 (1:0)

"Iftixor" - "Sherdor" -:+




27-tur - 6 noyabr

Istiqlol - Oq-tepa
Xorazm - Sho'rtan
Mashal - Iftixor +:-
Sherdor - Neftchi


28-tur - 13 noyabr
Oq-tepa - Sherdor
Neftchi - Mashal
Iftixor - Xorazm -:+
Sho'rtan– Istiqlol



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia