Mashal – So'g'diyona uchrashuvini Sherzod Qosimov boshqarib boradi

30 iyul 2014, 09:40
Oliy liganing ikkinchi davra uchrashuvlarini boshlanishiga ham qisqa muddat qoldi.
"Mashal" dastlabki uchrashuvni o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasiga qarshi o'tkazadi. 3 avgust kuni bo'lib o'tadigan 14-tur uchrashuvlari uchun PFL hakamlar guruhini e'lon qildi.

Bosh hakam sifatida toshkentlik , yosh hakam Sherzod Qosimov ishlaydi. Unga qanotlarda navoiylik hakamlar yordam beradi. O'yin nazoratchisini Urganchdan Bulat Galeev.

Muborakdagi bahs hakamlari bilan tanishing:

Oliy Liga, 14-tur uchrashuvi
3 avgust, yakshanba

Mashal (Muborak) – So'g'diyona (Jizzax)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent) , R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).

Manba: fcmashal.uz