

2 avgust
“Mashal” - “So'g'diyona” 1:3
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
AVAR hakami: Umidjon Rahimjonov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Abdulbosit Valixonov
Gol: Lyupcho Doriev 5, 0:1, Lyupcho Doriev (penalti) 48, 0:1, Lyupcho Doriev (Milan Mitrovich) 60, 0:3, Azizbek Choriev 90+3, 1:3
"Mashal": 73. Vladislav Rusanov, 99. Boburjon Asqarov ( 24. Ifeani Ifeani,56), 94. Farruh Ibrohimov (70. Aziz Choriev, 12), 19. Toxirbek To'xtasinov, 50. Drago Bumbar, 28. Ergash Ismoilov, 2. Zafarbek Akramov, 37. Sherzod Fayziev (5. Komiljon Tojiddinov, 56), 9. Ibrohim G'anixonov, 8. Sardor Abduraimov, 10. Humoyun Murtozaev (7. Vlatko Stoyanovskiy, 56)
Zaxira: 35. Dostonbek To'xtaboev, 77. Izzatilla Abdulhaqov, 11. Mahmud Jo'raboev, 18. Ilhom Abdug'aniev, 27. Doniyor Narzullaev,
"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 3. Islomjon Qobilov, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Behruz Jumatov, 13. Filip Ivanovich, 7. Petar Michin (6. Behruz Asqarov, 65),10. Javohir Qahramonov (77. Oybek Nurmatov, 74), 17. Ollabergan Karimov (33. Shoxjahon Sultonmurodov, 87), 8. Jamshid Boltaboev, 19. Zabihillo O'rinboev ( 29. Amirbek Saidov, 87), 14. Lyupcho Doriev ( 23. Sardorbek Hoshimov, 87)
Zaxira: 74. Bayram Najafaliev,22. Abdulazizxon Abdurashidov, 21. Saidakbar Sharipov, 18. Igor Golban,
Uchrashuv yakunlandi.
90+3. GOL. “Mashal” hisobni qisqatirdi. Biroz oldin jarima zarbasida omadi kelmagan Azizbek Choriev uzoqdan juda chiroyli tarzda Mitrovich darvozasiga yo'l topdi.
90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
87. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Doriev o'rniga Hoshimov, O'rinboev o'rniga Saidov, Karimov o'rniga Sultonmurodov tushdi.
86. ZARBA. Azizbek Chorievning ijro etgan jarima zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Bu golga aylanganida Mitrovich ham hech narsa qila olmas edi. Zarba mukammal chiqdi.
84. Dorievning qulay pasini O'rinboev golga aylantira olmadi.

74. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Javohir Qahramonov o'rniga Oybek Nurmatov tushdi.
71. Gol bekor qilindi, undan avvalgi vaziyatda to'p “Mashal” futbolchisining qo'liga tegib yo'nalishini o'zgartirgan edi.
69. GOL. “Mashal” uchrashuvda hisobni qisqartirdi. Hakam VAR monitorida vaziyatni ko'radi.
65. O'ZGARISH. “So'g'diyona”, Petar Michin o'rniga Behruz Asqarov tushdi.
60. GOL. Bugun Lyupcho Dorievni hech kim, hech narsa to'xtata olmayapti. Mitrovichdan uzatmani qabul qilib olgan Doriev katta tezlikda oldinga o'tib darvozaga to'pni tepdi, 0:3
56. O'ZGARISH. “Mashal”, Sherzod Fayziev o'rniga Komiljon Tojiddinov, Bobur Asqarov o'rniga Ifeani Ifeani, Humoyun Murtozaev o'rniga Vlatko Stoyanovski tushdi.
48. GOL. Lyupcho Doriev mavsumdagi 10-golini urdi. U 11 metrlik nuqtadan zarbani xatosiz yo'lladi.
47. PENALTI. “So'g'diyona” hujumchisi Zabihillo O'rinboev mezbonlar jarima maydonchasi ichida yiqitildi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.
40. ZARBA. Humoyun Murtozaev “So'g'diyona” jarima maydonchasi ichida qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.
38. Ollabergan Karimov uzoq masofadan omadini sinab ko'rdi. Zarba kuchli lekin noaniq.
31. “Mashal”dan keskin vaziyat. O'ng qanotdan uzatib berilgan to'pni Ergash Ismoilov darvozaga tepdi. To'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
30. ZARBA. Dorievning jarima maydonchasi ichidagi murakkab zarbasini mezbonlar posboni juda qiyinchilik bilan qaytardi.

24. Javohir Qahramonov, Rusanov, va “Mashal” himoyachisi to'qnashib ketdi.
18. Ollabergan Karimovning zarbasi noaniq ketdi.
12. “Mashal” jamoasida majburiy o'zgarish. Farruh Ibrohimov raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Uning o'rniga Azizbek Choriev maydonga tushdi.
5. GOL. Lyupcho Doriev juda oson tarzda raqib himoyachilarini chalg'itib, aniq zarba bilan pastki burchakni aniq nishonga oldi, 0:1
3. Dastlabki daqiqalardan ikki jamoa ham bittadan hujum tashkil qilishdi. Ikki vaziyatda ham himoyachilar yaxshi harakat qildi.
O'yinga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.
Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay.



