"Mashal": "Metallurg"ga qarshi tayyorgarlik Toshkentda boshlandi

24 mar 2015, 07:46
"Mashal" bugundan Oliy liganing 3-turiga tayyorgarlikni boshladi.
"Metallurg"ga qarshi Bekobodda bo'lib o'tadigan o'yinga jamoamiz tayyorgarlikni Toshkentda olib bormoqda. Oraliqdagi tanaffusdan foydalangan jamoamiz 28 mart kuni "Lokomotiv"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Tarkibimizda Zohir Qo'ziboev O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'ishiga jo'nab ketgan. Safimizga Siroj Hamroev, Abbos Shodmonov, Abdulla Nabiev, Shahzod Shaymonovlar jarohatdan so'ng qaytdi.

Eslatib o'tamiz, "Mashal" 3-turni 4 aprel kuni "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: fcmashal.uz