"Mashal" ishtirokidagi o'yinlarni boshqargan hakamlar

Birinchi liganing dastlabki bosqichidan o'rin olgan “Mashal” ishtirokidagi 22ta uchrashuvni bosh hakam sifatida 18 nafar hakam boshqarib bordi.
Viloyat Najafaliev, Nodirjon Boltaev, Timur Galeev hamda Akmal Kenjaev kabi hakamlar jamoamiz ishtirokida ikkitadan o'yinni boshqarishdi. Futbolchilarimizga eng ko'p sariq kartochka ko'rsatgan hakam navoiylik Akmal Kenjaev bo'ldi. Ushbu hakam 3-turda jamomizning to'rt nafar futbolchisini sariq kartochka bilan “siyladi”.

Birinchi bosqich o'yinlarida faqat bitta futbolchimiz qizil kartochka oldi. 20-turda buxorolik Ilgiz Tantashev jamoamiz yetakchisi Mirzohid G'ofurovga qizil kartochka ko'rsatishga qaror qildi. Quyida turma tur “Mashal” o'yinlarini boshqarib borgan hakamlar ro'yxatini keltirib o'tamiz.

1-tur. N.Boltaev (Navoiy)
2-tur. V.Najafaliev (Toshkent)
3-tur.  A.Kenjaev (Navoiy)
4-tur. T.Galeev (Urganch)
5-tur. A. Mo'minov (Toshkent)
6-tur. V.Serazetdinov (Toshkent)
7-tur. N.Meshkov (Samarqand)
8-tur. A.Choriev (Termiz)
9-tur. E.Tursunov (Buxoro)
10-tur. A. Kenjaev (Navoiy)
11-tur. V.Agishev (Toshkent)
12-tur. D.Karimov (Toshkent)
13-tur. N.Qosimov (Qarshi)
14-tur. H.Ro'ziev (Toshkent)
15-tur. R.Toshmuhammedov (Nukus)
16-tur. T.Galeev (Urganch)
17-tur. O.To'ychiboev (Toshkent)
18-tur. R.Bobomurodov (Navoiy)
19-tur. V.Najafaliev (Toshkent)
20-tur. I.Tantashev (Buxoro)
21-tur. N.Boltaev (Navoiy)
22-tur. M. Ismoilov (Toshkent)

Manba: fcmashal.uz