"Mashal" ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni tanishtirdi VIDEO

Narzulla Saydullayev
2 avg 2015, 16:07
Bugun "Mashal" ikkinchi davra oldidan jamoaga kelib qo'shilgan futbolchilar bilan taqdimot o'tkazdi.

Birinchi davradan so'ng safimizga Mirzohid G'ofurov va Dilyaver Abibullaev kelib qo'shildi.  G'ofurov o'tgan mavsumlardan  jamoamiz sharafini himoya qilgan va birinchi davradan so'ng "Bunyodkor"dan yana klubimizga qaytgan bo'lsa,  Abibullaev birinchi marta "Mashal" a'zosi sifatida harakat qiladi.   

Bugun har ikki futbolchi jamoamiz a'zosi sifatida tanishtirildi.  Unga ko'ra G'ofurov 23 raqamni,  Abdibullaev esa 47 raqamni tanladi.  

Mirzohid G'ofurov:  "Jamoaga yordam berish uchun keldim.  "Mashal" men uchun begona klub emas.  Hozir klub o'ziga nomunosib o'rinda turibdi.  O'ylaymanki munosib joyimizni egallaymiz.  Ikkinchi davrada 23 raqamni tanladim.  Asosiysi o'yin va yangi natija ko'rsatish.  Muboraklik muxlislar bizni hurmat qiladi va biz bunga munosib o'yin ko'rsatish uchun harakat qilamiz"

Dilyaver Abibullaev:  "Oldingi mavsumlarda ham ushbu klubdan chorlov bo'lgan va bu mavsum "Mashal" sharafini himoya qilaman.  Muxlislar ishonchini oqlash uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.  "Mashal" klubi o'zbek futbolida o'z o'rniga esa va bu yyerda kuchli jamoa shakllangan.  Mavsumni imkon qadar yuqori pog'onada yakunlashni istaymiz va buning uchun yordam berish birinchi vazifamdir"

Shundan so'ng har ikki futbolchiga o'z liboslari taqdim etildi.  

VIDEO

FOTOGALEREYA: 






O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz