"Mashal": Birinchi yig'in boshlandi, bugun jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test topshirildi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2017, 16:51
"Mashal" Aleksandr Xomyakov boshchiligida 19 dekabrdan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi

Yig'inda asosan o'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilar, birinchi liga va yoshlar ligasidan bir necha futbolchilar ishtirok etmoqda. Ayni vaqtda jamoani tark etgan futbolchilar yo'q.

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O'zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o'tgandik. Bugun "Mashal"  futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo'yicha sinovlar topshirishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz