"Mashal" Belgiyaning "Patrick" firmasi bilan shartnoma imzoladi

12 mar 2015, 09:26
Muborakning "Mashal" klubi yangi mavsumni "Patrick" firmasi liboslari bilan o'tkazadi.
Klubimiz vakillari Belgiyaning "Patrick" firmasi bilan muzorakalar o'tkazdi va yakunda har ikki tomon kelishuvga erishdi. Ushbu firma klubimiz futbolchilarini to'liq o'z mahsulotlari bilan taminladi.

Belgiyaning ushbu firmasi mahsulotlari o'zbek klublari uchun begona emas. Aynan bu firma "Paxtakor" bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'ygan edi. "Mashal" birinchi turni Namanganda aynan shu firma liboslarida o'tkazadi.

Manba: fcmashal.uz