“Mashal” akademiyasida Portugaliya va afrikalik murabbiylar ish boshlaydi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2018, 14:15
Yangi mavsum oldidan PFL va O'FA klublar oldiga yana futbol akademiyalarini tashkil etish talabini qo'ydi.

Shunga monand endilikda “Mashal” jamoasi ham futbol maktabini yana futbol akademiyasiga aylantirib yanada shakllantirish borasida jiddiy o'zgarishlarga qo'l urmoqda.

Ayni vaqtda akademiyada yangi oshxona va 100 o'rinli yotoqxona yangidan ta'mirlanib mavsumga shay holatga keltirildi. Shuningdek dam olish xonalari, o'qish va kompyuter hamda murabbiylar xonalari ham akademiya tarbiyalanuvchilari xizmatida bo'ladi. Akademiya ixtiyoriga 3ta tabiiy va 5ta sun'iy maydon ham kiradi.

Bulardan tashqari “Mashal” futbol akademiyasiga tez kunda Portugaliyadan Miguel Joao Kosta Lemos Moreira va Zimbabvedan Munemo Ebert Maruvalar murabbiylik faoliyatini boshlashga yaqin turishibdi.

O'zbek futboliga yulduzlarni chiqarishda fabrika bo'lgan “Mashal” klubi futbolimizning mustahkam poydevori bo'lishiga shubha yo'q.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати