“Mashal-2”: Tayyorgarlik davom etadi

Yosh Gazchilar O'zbekiston Birinchiligining 25-26 tur bahslariga tayyorgarlikni Muborakda davom ettirishmoqda.

O'zbekiston birinchiligida qatnashayotgan “Mashal-2” jamoamiz 14-17 sentyabrda bir yo'la ikkita bahsda maydonga tushadi. Ayni paytda jamoamiz bahslarga tayyorgarlikni Muborakda davom ettirishmoqda. Tarkibda barcha futbolchilar mashg'ulotlarni ko'tarinki ruhda olib borishmoqda. Dastlab "Mashal-2" 14 sentyabr  kuni "G'allaorol" jamoasini qabul qiladi. Oradan uch kun o'tgandan so'ng, aniqrog'i 17 sentyabr  sanasida, Zomin shahri vakili "Zomin" jamoasi Muborakga tashrif buyuradi. 

Eslatib o'tamiz,  "Mashal-2" - "G'allaorol" o'yini 14 sentyabr  kuni soat 17:00da bo'lib o'tadi.


Birinchi Liga, 25-tur 

14 sentyabr kuni soat 17:00


Mashal-2 - G'allaorol

Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus), D. Rahmonov (Guliston), R. Karimov (Toshkent)

Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).



Manba: championat.asia