

Tarkibda bir qancha o'zgarishlar yuzaga keldi. Jamoani bir qator futbolchilar tark etgan bo'lsada ularni o'rnini to'ldirish maqsadida yangi futbolchilarni tarkibga jalb qildik. Diyor Mirzaboev boshqaruvidagi "Mashal-2" nazorat bahslari orqali jamoani shakllantirmoqda. 22 iyun kuni "Mashal-2" safarda "Buxoro" o'rinbosarlari bilan Buxoroda nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Uchrashuvda jamoamiz vakillari 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Eslatib o'tamiz, "Mashal-2" yana 3ta nazorat bahsida maydonga tushadi.

Nazorat bahslari
22.07.2017. “Buxoro” (o'rinbosarlari) – “Mashal-2”. 2-1
26.07.2017. 18-00: “Nasaf-2” - “Mashal-2”
28.07.2017. 18-00: “Sho'rtan” (o'rinbosarlari) “Mashal-2”
05.08.2017. 18-00: “NBU-Osiyo” - “Mashal-2”.



