Maruf Ahmadjonov: "Ketma-ket o'tkazib yuborilgan gollar ruhan "sindirib" qo'ydi"

Narzulla Saydullayev
21 may 2016, 13:07
O'zbekiston Birinchiligining 10-tur doirasidan o'rin olgan "Orol" - "Oq-tepa" (5:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar hujumchisi Maruf Ahmadjonovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bellashuvning birinchi bo'limida o'zimiz xohlagan futbolni namoyish qildik. Tartibli himoyalandik, to'pni nazorat qildik va gol urdik. Tanaffusdan biroz xotirjamlikka berilishimiz mag'lubiyatga olib keldi. Ketma-ket o'tkazib yuborilgan gollar ruhan "sindirib" qo'ydi. Oqibatda uchrashuvda hisobni ochgan bo'lsak-da, yirik hisobda yutqazib qo'ydik, - deydi Ahmadjonov.

"Oq-tepa" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia