Martines "Inter" tarixida eng yaxshi to'purarga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2024
"Empoli" darvozasiga urilgan gol "Inter" hujumchisi Lautaro Martines uchun jamoa safidagi 134-to'pga aylandi.

Shunday qilib, argentinalik Milan klubi tarixidagi chet ellik futbolchilar ichida eng yaxshi to'purarga aylanib oldi.

Forvard vengriyalik Ishtvan Nersni ortda qoldirdi va "neradzurri" to'purarlari umumiy ro'yxatida 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Oltinchi o'rindagi Benito Lorenci hisobida 143 ta gol mavjud.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: inter.it