Martin Boakening "Andijon"dagi maoshi ma'lum

Khoja
16 yanv 2026, 07:25
Kecha "Andijon" rasman Martin Boake bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra hujumchi andijonliklar safida yiliga taxminan 400 ming dollar maosh oladi.

Eslatib o'tamiz, Boake 2021 yili ham "burgutlar" safida yarim mavsum to'p tepgan. U andijonliklar safida 13 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgandi.

Boake "Andijon"ga kelishdan avval aynan Turkiya chempionatida "Boluspor" safida faoliyat olib bordi. U yerda 19 uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta assistni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: toppodcast