Marsyalning MYUda qolishi AQSH turnesiga bog'liq

20 iyul 2018, 07:50
“Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyal keyingi mavsumda ham jamoada qolishi mumkin.

Buning uchun u MYUning AQSHda o'tadigan turnesida o'zining ijobiy jihatlarini namoyon etishi lozim, deya xabar bermoqda Mirror nashri.

Nashrning ma'lumotlariga ko'ra, Joze Mourinyo 22 yoshli futbolchining harakatlaridan u qadar qoniqmayapti va unga so'nggi imkoniyatni taqdim etmoqchi. Agar u AQSHdagi turneda o'zini ko'rsata olsa, klub futbolchini transferga qo'ymaydi.

Futbolchining xizmatlariga esa “Tottenhem” jiddiy ravishda qiziqmoqda. Futbolchining MYU bilan shartnomasi yangi mavsum so'nggida nihoyasiga etadi.

Marsyal 2015 yili “Monako”dan MYUga ko'chib o'tgandi. O'tgan yilgi Angliya chempionatida u 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror