

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli Antoni Marsyal tez orada "ko'k-anorranglilar" safiga kelib qo'shilishi mumkin. Agar "Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torresni sotib olish varianti o'xshamasa, Marsyal kataloniyaliklar short-listida paydo bo'ladi.
Marsyal 2015 yilda 60 mln evroga "Monako"dan "Manchester Yunayted"ga o'tganidan buyon klub shanini himoya qilib kelmoqda. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.



