Marsyal "Manchester Yunayted"ning ilk o'yinida maydonga tushmaydi

Оқил Абдубарноев
4 avg 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal jarohati sabab mavsum boshini o'tkazib yuboradi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, hujumchi oyoq sonidagi jarohati tufayli APL 1-turidan o'rin olgan "Brayton"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Fransiyalik futbolchining qachon maydonga qaytishi hozircha ma'lum emas.

"Manchester Yunayted" chempionatning 2-turi doirasidagi "Brentford"ga qarshi bahsgacha Marsyal jarohatidan tuzalishiga umid qilmoqda. Biroq Antoni APLning 3-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi to'qnashuvgacha safga qaytishi aniq.

Eslatib o'tamiz, hujumchi "Atletiko"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:1) jarohat olib, maydonni tark etgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Athletic