Marsyal "Manchester Yunayted" yig'inini tark etdi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018, 14:25
"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal jamoaning AQSHdagi yig'inini tark etdi.

Fransiyalik futbolchining ikkinchi farzandi tug'ilishi tufayli klub rahbariyati unga ruxsat berdi. Marsyalning "Manchester Yunayted"dagi kelajagi so'roq ostida. Ayni damda "qizil iblislar" International Champions Cup-2018 o'rtoqlik turnirida ishtirok etmoqda va ular tez orada "Liverpul" hamda "Real" bilan bahs o'tkazishi kerak. Bu uchrashuvlarda Marsyalning ishtirok etishi so'roq ostida.

Oldinroq, futbolchiga "Chelsi", "Bavariya", "Yuventus" va Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports