Marseloning qancha muddatga safdan chiqqanligi ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2018, 00:24
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo Ispaniya chempionatining 10-turidan o'rin olgan uchrashuvda jarohat olgandi.

Xabaringiz bor, “Qirollik klubi” El Klassikoda “Barselona”dan qaqshatqich (1:5) mag'lubiyatni qabul qilgan edi. Bu uchrashuvda “Real” himoyachisi Marselo o'ng oyog'idan jarohat olib, maydonni tark etgandi.

Klub shifokorlari qo'ygan tashxisga ko'ra, braziliyalik futbolchi kamida ikki hafta davomida jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. “Barselona” turnir jadvalida 21 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, “Real” 14 ochko jamg'argan holda 9-pog'onadan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif