Marselo uchun ikki top-klub da'vogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
5 dek 2020, 00:55
"Real" himoyachisi Marseloning xizmatlariga "Yuventus" hamda "Inter" klublaridan qiziqishlar bo'lmoqda.

"As" xabariga ko'ra, ikki klub ham futbolchini taklif qilgan taqdirda katta maosh to'lay olmaydi. Ayni damda u "Real"da yiliga 8 mln evro maosh olmoqda.

So'nggi paytlarda asosiy tarkibdagi o'rni kafolatlanmayotgani sababli Marselo ham jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Braziliyalik himoyachi ushbu mavsumda 5 o'yinda 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As