Marselo: "To'g'ri, "Real"ga Krishtianu yetishmayapti"

Aslanov Jasurbek
27 avg 2018, 13:18
"Real" himoyachisi Marselo "Jirona" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"To'g'risini aytsam, mening o'rnimga Varan tushganidan hayron bo'ldim. Ammo murabbiy qarorini hurmat qilaman. O'ynashni davom ettirmoqchi edim, chunki o'zimni yaxshi his qilayotgandim.

Biz to'g'ri yo'ldamiz. O'yindan-o'yinga kuchayib borishimizga ishonaman. Ajoyib o'yin o'tkazdik va 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

To'g'ri, bizga Krishtianu yetishmayapti. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Ammo Beyl va Benzema ham kuchli.

Darvozabonlar? Bizda ikki ajoyib posbon bor" - deydi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana