Marselo "Real"dagi yaqqol rekordchiga aylanib oldi

Mirjalol Normatov
2 may 2022, 16:12
"Real" himoyachisi Marselo klubda sovrin qo'lga kiritish bobida yetakchi bo'lib oldi.

"Qirollik klubi" chempionatning 34-turida "Espanol"ni mag'lub etdi va chempionlik sovrinini qo'lga kiritdi. Bu esa Marselo uchun klubdagi 24-sovrin bo'ldi. Shu orqali u Francisko Xentoni quvib o'tdi.

33 yoshli Marselo bunga qadar "Real" tarkibida 6 marta Ispaniya chempioni, ikki karra kubogi va 5 karra Superkubogi sohibi bo'lishdan tashqari, 4 marta YCHL, 3 bora UEFA Superkubogi va 4 marta klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal