Marselo: "Real" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashi kerak emas"

Alisher
20 avg 2019, 14:19
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo jamoaning hozirgi tarkibini etarlicha kuchli deya hisoblab, jamoaga yangi transferlar kerak emas deb hisoblaydi.

"Bizda ajoyib jamoa bor va biz buni bilamiz. Sovrinlarni qo'lga kiritish doimo qiyin, agar biz o'z ishimizga mas'uliyat bilan qarasak, "Real" barchasini yuta oladi. Bizga tarkibni kuchaytirish uchun boshqa o'yinchilar kerak emas.

"Mening gaplarimga tanqid? Men klubda o'ynashni boshlaganimdan beri bunday gaplarni eshitaman. Hammasi doimgidek", - deydi Marselo.

Oldinroq, "qirollik klubi" MYU yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild