Marselo Koelo: "Avstraliyaga qarshi o'yin turnirdagi eng yaxshi uchrashuvimiz bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
15 fev 2016, 18:29
Malayziya bosh murabbiyi Marselo Koelo Qatarga qarshi bo'lib o'tgan so'nggi tur o'yinidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda o'yinimiz o'xshamadi. O'yinni raqibga berib qo'ydik. Yigitlarga o'yinda oldin aytgan ko'rsatmalarimning barchasi bajarilmadi. Bu so'nggi bahs edi. Ushbu o'yinda hech narsa yo'qotmasligimizni va yigitlarga biroz bo'shashish mumkinligini aytdim. Avstraliyaga qarshi o'yin turnirdagi eng yaxshi uchrashuvimiz bo'ldi. Ikki o'yindagi mag'lubiyat yigitlar ruxiyatiyaga jiddiy ta’sir qildi. Guruhimizdagi barcha uch o'yinda o'zimizni ko'rsatisha urindik. Turnirga barcha jamoalar juda yuqori darajada tayyorgarilik ko'rib kelganiga guvoh bo'ldik" - deydi Marselo Koelo.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia