Marselo: "Dunyodagi eng zo'r klubda sardor bo'lish - katta sharaf va masuliyat"

Aslanov Jasurbek
10 iyul 2021, 23:15
Serxio Ramos klubni tark etganidan so'ng "Real" sardoriga aylangan Marselo taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Dunyodagi eng zo'r klubda sardor bo'lish - katta sharaf va masuliyat. Men o'zimni baxtli his qilyapman.

"Real Madrid" futbolchilisi ekanligim sabab har kuni katta ishtiyoq bilan uyg'onaman. Har mavsum bu ishtiyoq oshib bormoqda.

Men yangi mavsumni orziqib kutmoqdaman. Har mavsum men uchun qandaydir yangilik bo'lishini bilaman. Hozir esa men sardorman. Bu orzularimning amalga oshishidir", -dedi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca