Marselo Chempionlar ligasi rekordchisi

Aslanov Jasurbek
26 apr 2018
Chempionlar ligasi yarim final ilk bahsida "Bavariya" "Alyans Arena"da "Real"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

"Qirollik klubi"ning braziliyalik himoyachisi Marselo bahsning 44-daqiqasida hisobni tenglashtirdi.

Bu gol braziliyalikning Chempionlar ligasi turnirining pley-off o'yinlaridagi 7-bo'ldi. Shunday qilib, u jamoadoshi Serxio Ramosdan (6ta gol) o'zib ketdi va himoyachilar orasida bu ko'rsatkich bo'yicha rekordchiga aylandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com