Marselo: "BBC nomiga bo'layotgan tanqidlar bir qulog'imizdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketadi"

Aslanov Jasurbek
8 mar 2017, 14:16
"Real" himoyachisi Marseloning so'zlariga ko'ra, jamoa hujumchilar Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzema nomiga bo'layotgan tanqidlarga ahamiyat bermayapti.

"BBC nomiga bo'layotgan tanqidlar bir qulog'imizdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketmoqda" - deydi Marselo.

Oldinroq Benzema qiyin uchrashuvlarda doimo u, Ronaldu va Beylni tanqid qilishi haqida aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS