"Marsel" yangi murabbiy tayinlanganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2026
"Marsel" yangi bosh murabbiyi Habib Beye bo'ldi.

48 yoshli mutaxassisning tayinlovi haqida klub matbuot xizmati xabar berdi. Senegallik murabbiyning oldingi ish joyi "Renn" bo'lib, u joriy oy boshida ushbu lavozimni tark etgandi.

Habib Beye futbolchi sifatida 2003 yildan 2007 yilgacha "Marsel" safida to'p tepgan. U "oq-ko'klar" rulida o'tgan hafta iste'foga chiqqan Roberto De Zerbini almashtiradi.

"Marsel" 22 turdan keyin 40 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Juma kuni jamoa chempionat doirasida safarda "Brest"ga qarshi o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: om.fr