"Marsel" va "Chelsi" Obameyang transferini muhokama qilmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2023, 17:36
Per-Emerik Obameyang yangi mavsumni "Marsel"da boshlashi mumkin.

Francuz klubi "Chelsi" bilan 34 yoshli hujumchi transferi borasida aloqada bo'lib turibdi. Bu haqida The Athletic xabar bermoqda. 

Ammo transferni amalga oshirish oson bo'lmaydi. "Chelsi" gabonlik futbolchisi sotuvidan ma'lum summa ishlab olmoqchi, o'yinchining o'zi esa haftasiga 160 000 funt maosh oladi. Shu sababli tomonlar hammani qanoatlantiruvchi variantni topishlari kerak bo'ladi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Athletic