

29 yoshli futbolchining tanishtiruv marosimi bugun bo'lib o'tadi. Payet 2013-2015 yillarda ham Marsel safida o'ynagan.
Oldinroq futbolchi Marselga 25 million funt evaziga qaytishi haqida xabarlar chiqqandi.
Yanvar oyida futbolchi Vest Xem safida o'ynashdan bosh tortdi va mashg'ulotlardan chetlatildi.
Bu mavsumda APLda 18ta o'yinda maydonga tushgan yarim himoyachi 2ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.




