"Marsel" Pau Lopesni "Roma"dan yozda 12 mln evro evaziga xarid qiladi

Alisher
9 yanv 2022, 12:17
"Marsel" darvozabon Pau Lopesni "Roma"dan xarid qilish huquqini faollashtirishini e'lon qildi.

27 yoshli ispaniyalik joriy mavsum francuz klubi tarkibida 20-o'yinini o'tkazdi, ijara talabiga ko'ra, "Marsel" 1 iyul kuni darvozabonni to'la asosda xarid qilishga majbur.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, klub Lopesni 12 mln evro evaziga xarid qiladi.

"Marsel" shundan so'ng darvozabon bilan 2026 yilning so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: om.fr