

Bunga o'yinchining shartnoma shartlarini buzganligi sabab bo'lgan.
O'tgan mavsum oxirida Rami mashg'ulotlar o'rniga oilaviy sabablarga ko'ra "Fort Boyard" teleko'rsatuviga kyetib qolgan.
Qayd etish kerakki, "Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash ham rahbariyatning qarorini qo'llab-quvvatlagan.
33 yoshli Rami "Marsel"dan tashqari "Etual", "Lill", "Valensiya", "Milan" va "Sevilya" klublarida o'ynagan.
Himoyachi 2018 yil Fransiya bilan jahon chempionligini qo'lga kiritdi va chempionat yakunlanganidan so'ng terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini e'lon qildi.




