Marotta: "Yuventus" Pogba transferi borasida takliflar olgan, ammo ularni tezda rad etgan"
Aslanov Jasurbek
19 okt 2015, 13:45
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marottaning ma'lum qilishicha, yozgi transfer oynasida jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani Yevropaning yetakchi klublari qo'lga kiritishga uringani haqida aytdi.
"Bizga top-klublardan rasmiy takliflar keldi, ammo biz tezda rad etdik. Bu mavsumda Polning elkasiga yanada katta masuliyat yuklangan, u o'z o'yinini kuchaytirib borishi uchun, oldinda etarlicha bahslar bor" - deydi Marotta.