Marotta: "Yuventus" Dibala borasida "Barselona"dan taklif olmagan"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2017
"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marottaning so'zlariga ko'ra, klub yozgi transfer oynasida hujumchisi Paulo Dibala borasida hech qanday taklif olmagan.

Oldinroq, "keksa sinora" ikki marotaba Kataloniya klubining argentinalik borasidagi taklifini rad etgani e'lon qilingan edi.

"Biz Dibala transferi uchun "Barselona"dan taklif olganimiz yo'q. Ammo uni sotmoqchi bo'lmaganmiz. Dibala "Yuventus" futbolkasini  kiyishiga ishongandik. U xatto 10-raqamni oldi, bu esa katta masuliyat" - deydi Marotta.

Paulo Dibala joriy yilning aprel oyida "Yuventus" bilan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium