Marmush: "Tottenxem" - butun dunyoda bo'lmasa ham, Angliyadagi eng yirik klublardan biri"

Sherzod Nurmatov
28 avg 2026, 13:35
"Tottenxem"ning yangi a'zosi Omar Marmush "Manchester Siti"dan London klubiga o'tganiga munosabat bildirdi.

Bugun, 27 avgust kuni "shporlar" 27 yoshli misrlik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

4.jpg

"Bu yerda bo'lish - aql bovar qilmas his-tuyg'u. Jamoa bilan ishlashni boshlashdan juda xursandman va muxlislar bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman.

"Tottenxem" - butun dunyoda bo'lmasa ham, Angliyadagi eng yirik klublardan biri va bu loyiha menga juda jozibador tuyuldi.

Bosh murabbiy [Roberto De Zerbi] bilan gaplashdim, u aytgan gaplar menga juda yoqdi. Futbolga bo'lgan ishtiyoqimiz ajoyib tarzda uyg'unlashishiga ishonaman", – dedi Marmush.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com