Markos Alonso diskvalifikaciya qilinishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 apr 2018
Angliya futbol associaciyasi (FA) "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni "Sautgempton"ga qarshi APLning 34-tur uchrashuvidagi (3:2) harakati uchun jazolashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi raqib hujumchisi Sheyn Longga qo'pollik qilgani uchun Angliya chempionatining bir nechta o'yiniga chetlatilishi mumkin. Bahs bosh hakami Mayk Din ushbu vaziyatda ispaniyalikka xatto sariq kartochka ham ko'rsatmadi.

"Sautgempton" ustozi Mark Xyuz "Chelsi"ga qarshi bahsdan so'ng hakamlar ishidan mamnun bo'lmaganligini aytdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports