Marko Marin "Chelsi"ga qaytishni istamayapti

"Chelsi"ga qarashli bo'lgan va "Sevilya"da o'ynayotgan germaniyalik yarim himoyachi Marko Marin London jamoasiga qaytishni istamayapti.
"Hozircha yilni ohirida Londonga qaytishim kerak bo'lib turibdi. Shunday bo'lsada, "Sevilya" meni olib qolmoqchi. Ammo rahbariyat bu masalani hal qila olmayapti. O'zim ham shu yerda qolishni istayman, chunki ushbu klub menga haqiqatdan ham yoqadi. Biroq hammasi "Chelsi"ga bog'liq", deya uning so'zlaridan Bild iqtibos keltirmoqda .

Manba: football.kulichki.net