Mark Roka "Bavariya"dan ketmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
25 mar 2021, 00:55
"Bavariya" yarim himoyachisi Mark Roka etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayayotganiga qaramasdan, jamoadan ketish haqida o'ylamayapti.

Bu haqda futbolchining agenti Goal.com saytiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Mark "Bavariya"dan ketish g'oyasini qo'llab-quvvatlamaydi va "Bavariya"dagilar mavsum tugagandan so'ng Markni sotmoqchi ekanliklarini aytishmadi.

Albatta, har bir futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni xohlaydi. Ammo Mark "Bavariya"ga oktyabrda kelganligini unutmasligingiz lozim. Hozir ketishni muhokama qilish bemanilik bo'lar edi.

Markning "Bavariya" bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomasi bor. U besh oydan keyin taslim bo'ladigan yigit emas. U o'z o'rni uchun kurashadigan shaxs", dedi Kristian Vayn. 

Eslatib o'tamiz, Roka "Bavariya"ga Ispaniyaning "Espanol" jamoasidan 9 million evro evaziga ko'chib o'tgan edi. U ushbu mavsumda myunxenliklar safida barcha turnirlarda 10 ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com