

"L’Equipe" xabariga ko'ra, parijliklar "Inter" bilan Joau Mariu transferi borasida kelishuvga erishgan. Portugaliyalik yaqin vaqtlar ichida PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Fransiya matbuotining oldinroq bergan ma'lumotiga tayansak, PSJ "Everton" hujumchisi Moyze Kin bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Iqtidorli forvard yaqin soatlar ichida PSJ uchun tibbiy ko'rikdan o'tib, shartnomaga qo'l qo'yishi kutilmoqda.



